Войти

Telegramni begonalar kirishidan saqlash

Sizni telegramingizga kimlardir kirib olmoqdami? Chiqaribyuborsangiz ham yana qayta kirib olganini aniqladingizmi? Endi bu muammo emas siz ikki tomonlama parol o'rnatishingiz mumkin. Buning uchun quydagilarni bajaring Настройки (Sozlamalar) degan joyidan Конфиденциальность (Maxfiylik va xavfsizlik) degan joyiga kirib Облачный пароль (Ikki bosqichli tekshiruv) bo'limiga kiring.

Pastda turgan ko'kdagi parolni o'rnatish tugmasini bosing, Chiqgan maydonga yodingizda qoladigan boshqalar bilmaydigan parol so'zni kiriting pastdagi ko'kni bosing va huddi shu parolingizni yana qayta kiriting va yana ko'kni bosing.

Endi siz Shunday so'z yozishingiz kerakki shu so'zni ko'rganingizda parolni eslashingiz kerak. Odatda ko'pchilik insonlar parolini bosh harfi bilan o'rtaga yulduzcha qo'yib ohirgi harfini yozishadi. Masalan: M********T

Barchasini bajarib pastdagi ko'kni bosing va endi siz email po'chtangizni kiritishingiz kerak. Bu parolni yodingizdan chiqarib qo'yganingizda tiklashingizda yordam beradi.
Telegram email pochtangizga tasdiqlash ko'dini yuboradi. email akkauntingizga ushbu ko'd keldi siz ko'ddagi 6 xonali sonni kiriting.

Ajoyib hammasi tayyor endi kimdir sizni akkauntingizga kirishga urinsa sms ko'dni kiritganidan so'ng ushbu parolni ham so'raydi.


Yodda saqlang! Agarda kimdir kirishga qattiq bel bog'lab parolni o'chirishini so'rasa telegram sizga xabar yuboradi kimdir kirishga ununayotgani haqida va telegramdan xabar kelgan vaqti elektron po'chtangizga ham xabar keladi. U xabarda shunday mazmundagi so'zlar bor Biz sizni parolingizni unutib qo'yganingiz haqida xabar oldik sizni buni tasdiqlaysizmi? Tasdiqlashni istasangiz pastdagi linkka o'ting. Siz bunday vaqtda hech qaynday linkka kirmang garchi bu rasmiy telegramdan kelgan bo'lsa ham, siz shunchaki xabarni e'tiborsiz qoldiring.

Rahmat sizga yordam berganimdan hursandman hurmat ila MOQINA GROUP

 

225

Оставить комментарий


Пожалуйста, авторизуйтесь на сайте любым удобным способом, чтобы оставить комментарий




UY

Qo'shiqlar

Media

Servis

Rasmlar