Войти

Soch to‘kilganda niqoblardan to‘g‘ri foydalanish usullari

Ko‘pchilik sochlar to‘kilishiga qarshi uy sharoitida niqoblardan foydalanadi. Ammo ularning samaradorligini ta’minlovchi oddiy omillarni unutib qo‘yamizSizga berayotgan tavsiyalarimiz niqoblarning yanada foydali bo‘lishini ta’minlaydiDemakdiqqat qilamiz.

  • Soch to‘kilishiga qarshi niqoblarni 1 kurs davomida 8-12 marta qo‘llash shart. So‘ngra 2 hafta o‘tib, yana muolajani takrorlash lozim.
  • 1 haftada 2-3 marta sochlarga niqob surtish mumkin.
  • Tez va yaxshi samaraga erishish uchun har xil niqoblarni tez-tez o‘zgartirib turish tavsiya etiladi. Masalan, bugun xantalli aralashmani sochga surtsangiz, bir kundan so‘ng piyozlisidan foydalaning.
  • Xantal, qalampir, dolchinli niqoblar tarkibidagi ushbu mahsulotlarni birinchi marta retseptdagi miqdorining yarmini qo‘llang, ikkinchi gal birinchisiga nisbatan ko‘proq miqdorda ishlating.
  • Niqob surtilgan sochlarni yuvgach, 2-3 soat ichida ko‘chaga chiqmaslik maqsadga muvofiq. Chunki ularning ta’sir qilish jarayoni hamon davom etayotgan bo‘ladi.
  • Niqoblardan foydalanayotgan muddat davomida sochni mustahkamlovchi vitaminlar qabul qilishni unutmang.

Manba: Darakchi.uz

 

 

68

Оставить комментарий


Пожалуйста, авторизуйтесь на сайте любым удобным способом, чтобы оставить комментарий




UY

Qo'shiqlar

Media

Servis

Rasmlar